Britaniyaning «BBC» teleradiokompaniyasi 2025/26 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya Premyer-ligasining ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Ushbu ro‘yxatdan 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylangan «Arsenal»ning 5 nafar futbolchisi o‘rin oldi.
BBC talqiniga ko‘ra APL-2025/26 ramziy terma jamoasi:
Darvozabon: David Rayya («Arsenal»)
Himoyachilar: Niko O'Rayli («Manchester Siti»), Gabriel Magalyayns («Arsenal»), Vilyam Saliba («Arsenal»), Yurriyen Timber («Arsenal»)
Yarim himoyachilar: Elliot Anderson («Nottingem Forest»), Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»), Deklan Rays («Arsenal»)
Hujumchilar: Antuan Semenyo («Manchester Siti»), Erling Xoland («Manchester Siti»), Igor Tiagu («Brentford»)
Mavsum yakunlariga ko‘ra, «Arsenal» 85 ochko jamg‘arib, musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni 78 ochko bilan «Manchester Siti», uchinchi o‘rinni esa 71 ochko bilan «Manchester Yunayted» egalladi.
Angliya Premyer-ligasining yangi — 35-mavsumi 22 avgust kuni start oladi.













