Kataloniyaning «Barselona» klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Manchester Siti» a’zosi Yoshko Gvardiol transferi ustida ishlamoqda. Bu haqda COPE nashri xabar tarqatdi.
24 yoshli xorvatiyalik himoyachining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchini 70 million yevroga baholamoqda. Ta’kidlash joizki, Gvardiolga faqatgina «Barselona» emas, balki «Bavariya» va «Real» klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Yoshko Gvardiol joriy mavsumda barcha turnirlarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U himoyachi bo‘lishiga qaramay, samarali harakatlari bilan ajralib turibdi — 2 ta gol va 5 ta golli uzatma muallifiga aylangan.













