Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kassano: «Iraola Italiyaga kelish-kelmasligi haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak»

Kassano: «Iraola Italiyaga kelish-kelmasligi haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rishi kerak»

Baho:
+ | -

Italiyalik sobiq hujumchi Antonio Kassano «Milan»ga bask mutaxassisi Andoni Iraola kerak, deb hisoblaydi. Ammo shu bilan birga, murabbiyning o‘zi Italiya chempionatiga kelishni istashiga shubha bilan qaraydi. Kassanoning fikricha, mutaxassisning boshqa top-ligalar bilan bog‘liq yanada ambisioz rejalari bor.

«Men «Milan»ga Iraolani olishni maslahat bergan bo‘lardim. Ammo ayni paytda, unga Italiyaga kelishni chindan ham xohlaydimi yoki yo‘qmi, bu haqda yaxshilab o‘ylab ko‘rishni maslahat bergan bo‘lardim. Bu yerda hasadgo‘y odamlar juda ko‘p, u bunga bardosh bera olarmikin?», – deya Kassanoning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Eslatib o‘tamiz, «Milan» Massimiliano Allegri jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqa olmaganidan so‘ng, u bilan xayrlashgan edi.

Kiritildi: 11:22, 29.05.2026.
O'qildi: 216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик