Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Perish: «Ba’zida yaxshi yigitlar g‘alaba qozonishadi»

Perish: «Ba’zida yaxshi yigitlar g‘alaba qozonishadi»

Baho:
+ | -

«Kristal Pelas» klubi hammuassisi Stiv Perish Konferensiyalar ligasi finalida «Rayo Valyekano» ustidan qozonilgan g‘alabadan (1:0) so‘ng jamoaning tarixiy muvaffaqiyatiga hissiyotlarga boy tarzda munosabat bildirdi.

«Bu aql bovar qilmaydigan voqea. Hayratlanarli yutuq. Biz barcha pasayish va ko‘tarilishlarni boshimizdan o‘tkazdik. Yevropa ligasi yo‘llanmasiga loyiq edik. Bu ba’zida yaxshi yigitlar ham g‘alaba qozonishini isbotlaydi.

Klubni sotib olgan paytimda, biror kun kelib yevrokuboklarda o‘ynashimizga ham ishonchim komil emasdi, sovrin yutish haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi. Bu haqiqatga aylangan orzu. Biz muvaffaqiyat ta’mini sezdik va shu ruhda davom etmoqchimiz. Yangi darajaga chiqdik va uni saqlab qolishga harakat qilishimiz kerak. Bayram qilish uchun bir hafta vaqtimiz bor, keyin esa yozda qattiq ishlaymiz», — deydi Perish Sky Sports nashriga.

Londonliklar uchun bu klub tarixidagi uchinchi sovrin bo‘ldi. Ularning barchasi jamoani Oliver Glasner boshqargan 2025–2026 yillar davomida qo‘lga kiritildi.

Kiritildi: 11:27, 29.05.2026.
O'qildi: 241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик