Angliya milliy terma jamoasi vingeri Bukayo Saka 2026 yilgi Jahon chempionati arafasida o‘z jamoasining kuchi haqida fikr bildirdi.
«Bizda juda ko‘p kuchli jihatlar bor. Terma jamoa g‘alabalarga katta tashnalik sezmoqda. Jamoada iqtidorli futbolchilar ko‘p va raqobat yuqori darajada. Shu bilan birga, jamoada ajoyib muhit va mukammal muvozanat mavjud», — deya hujumkor yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Angliya terma jamoasi Panama, Gana va Xorvatiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempion esa Argentina terma jamoasi hisoblanadi.













