Tez orada Joze Mourinyo «Real»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. The Athletic nashrining xabar berishicha, 63 yoshli mutaxassis madridliklar bilan allaqachon shartnoma imzolagan.
Kelishuv uch mavsumga, ya’ni 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Klub Mourinyo tayinlanganini rasman 7 iyunga belgilangan prezidentlik saylovlaridan keyin e’lon qilishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2025/2026 yilgi mavsumda «Real»ni Xabi Alonso (yanvar o‘rtalarigacha) va Alvaro Arbeloa boshqardi. Madrid jamoasi ushbu mavsumda birorta sovrin yuta olmadi.













