Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya 5-1 Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron
22/06 03:00 Urugvay - Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya

Saka: "Anri bugun menga yozdi"

Saka: "Anri bugun menga yozdi"

Baho:
+ | -

"Arsenal" hujumkor yarim himoyachisi Bukayo Saka Chempionlar ligasi final uchrashuvi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Sakaning so‘zlariga ko‘ra, unga klub afsonasi Tyerri Anri xabar yozgan.

"Tyerri Anri bugun menga yozdi. Unga nisbatan hurmatim juda baland. U: "Umid qilamanki, hammasi joyida. Men ochiq mashg‘ulotda bo‘laman", deb yozdi. "Arsenal"dagi yo‘lim yetti yoshimda boshlangan. Men klub bilan allaqachon Premyer-ligada g‘olib chiqdim, ertaga esa Chempionlar ligasini yutishim mumkin. Men o‘zim sevadigan klub tarixiga o‘z ismimni yozib qo‘ymoqchiman. Final taqdiri alohida epizodlar va qaysi jamoa yaxshiroq tashkil etilgani bilan hal bo‘ladi", – dedi Saka jurnalistlarga.

"Arsenal" Chempionlar ligasi finalida faqat bir marta – 2006 yilda o‘ynagan. O‘shanda londonliklar "Barselona"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishgandi. Tyerri Anri o‘shanda butun o‘yin davomida maydonda bo‘lgan.

Kiritildi: 22:16, 29.05.2026.
O'qildi: 745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик