Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa sardori Martin Edegor haqidagi savolga javob berdi.
«Martin o‘zgargani yo‘q. U chinakam professional va, shubhasiz, jamoamiz uchun eng asosiy o‘rnak bo‘la oladigan inson. U barcha jamoadoshlarini hurmat qiladi va «Arsenal» safida o‘ynashdan katta zavq oladi. Unda jamoani ortidan ergashtirish uchun kerak bo‘lgan barcha fazilatlar mujassam», — deya Artetaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi ingliz OAV.













