Kirish Ro'yxatdan o'tish

Viyeyra: «Arsenal» — «PSJ»ni mag‘lub eta oladigan yagona jamoa»

Viyeyra: «Arsenal» — «PSJ»ni mag‘lub eta oladigan yagona jamoa»

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning sobiq yarim himoyachisi Patrik Viyeyra o‘z sobiq jamoasi Chempionlar ligasi finalida «PSJ»ni yenga olishiga qat’iy ishonmoqda.

«Men doimo «Arsenal»ni Yevropada «Pari Sen-Jermen»ni mag‘lub etishga qodir bo‘lgan yagona jamoa deb hisoblaganman. «Arsenal» juda yaxshi himoyalanishni biladi. Bu himoyalanishni yoqtiradigan va xohlaydigan hamda bu ishni uzoq vaqt davomida uddalay oladigan jamoadir.

Kvarasxeliya-Dembele-Due hujum uchligi o‘ta tezkorligi bilan ajralib turadi, biroq «Arsenal» — «birga-bir» vaziyatlarda juda kuchli jamoa. Ularning himoyachilari chaqqon va agressiv, eng muhimi esa — «Arsenal» standart vaziyatlarni ijro etishda «PSJ»ga ko‘plab muammolar tug‘dira oladi», — dedi Viyeyra L'Equipe nashriga bergan intervyusida.

Kiritildi: 09:37, 30.05.2026.
O'qildi: 369 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик