Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/05 21:00 PSJ - Arsenal

Flik Runidan ko‘prog‘ini kutgan edi

Flik Runidan ko‘prog‘ini kutgan edi

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Runi Bardji yozgi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri bo‘lib turibdi.

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik shvesiyalik futbolchiga Lamin Yamal bilan raqobat tufayli asosiy tarkibdan joy olishi qiyin bo‘lishini aytgan. Murabbiy 20 yoshli futbolchining mashg‘ulotlardagi harakatlaridan mamnun bo‘lsa-da, mavsum oxirida jarohat olgan Yamal o‘rnini bosgan Bardjidan ko‘prog‘ini kutgan edi.

Runining o‘zi doimiy o‘yin amaliyoti yo‘qligidan norozi va agentidan ijara variantlarini ko‘rib chiqishni so‘ragan. Biroq «Barselona» qo‘shimcha mablag‘ ishlab olish maqsadida futbolchini to‘liq sotib yuborishni ham istisno qilmayapti.

Shunga qaramay, kataloniyaliklar futbolchining salohiyatiga ishonishadi. Shu sababli, agar transfer amalga oshsa, shartnomaga futbolchini qayta sotib olish huquqini beruvchi band kiritilishi ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: 10:29, 30.05.2026.
O'qildi: 575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик