Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya 4-0 Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya 0-0 Eron
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston

Gavi JCH kashfiyot terma jamoasi kim bo‘lishini taxmin qildi

Gavi JCH kashfiyot terma jamoasi kim bo‘lishini taxmin qildi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi hamda “Barselona” klubi yarim himoyachisi Gavi navbatdagi jahon chempionati, undagi asosiy da’vogarlar va shaxsiy mukofotlar borasidagi o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ispaniyalik iqtidor egasining fikricha, bo‘lajak turnirda bosh sovrinni aynan Ispaniya qo‘lga kiritadi. Ikkinchi o‘rin masalasida esa yarim himoyachi Portugaliya terma jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholagan. Shuningdek, Gavi Ekvador termasini musobaqaning bosh kashfiyoti bo‘lishini taxmin qildi.

Mundialning eng yaxshi to‘purari kim bo‘lishi haqidagi savolga futbolchi quyidagicha javob bergan:

“Ushbu sovringa o‘z jamoadoshlarimdan biri ega chiqishini juda ham xohlar edim. Bu borada Mikel Oyyarsabalning imkoniyatlarini yuqoriroq baholagan bo‘lardim”, — deydi Gavi.

Yarim himoyachi, shuningdek, Portugaliya terma jamoasi a’zosi Joau Feliks musobaqada barchani hayron qoldirishi mumkinligini ta’kidlagan. Futbol olamining eng nufuzli shaxsiy sovrini — “Oltin to‘p” borasida to‘xtalar ekan, Gavi ushbu mukofotni jamoadoshi Lamin Yamal qo‘lga kiritishidan umidvorligini bildirdi.

Suhbat yakunida yosh yulduz o‘zining ushbu sovringa loyiqligi borasidagi savolga kamtarlik bilan javob qaytardi. Uning fikricha, bunday yuqori cho‘qqilarni zabt etish uchun unda hali vaqt yetarli va buning uchun ko‘proq mehnat qilishi lozim.

Kiritildi: 13:39, 30.05.2026.
O'qildi: 2691 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик