Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/06 22:00 Braziliya 2-1 Yaponiya
30/06 01:30 Germaniya 1-1 Paragvay
30/06 06:00 Niderlandiya 1-1 Marokash
30/06 22:00 Kot-d'Ivuar - Norvegiya
01/07 02:00 Fransiya - Shvesiya
01/07 06:00 Meksika - Ekvador
01/07 21:00 Angliya - Kongo DR

Mareska «Chelsi» himoyachisini «Manchester Siti»ga taklif qilmoqchi

Mareska «Chelsi» himoyachisini «Manchester Siti»ga taklif qilmoqchi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti»ning yangi bosh murabbiyi Enso Mareska yozgi transferlar uchun tarkibni shakllantirishni boshlab yubordi. U «Chelsi»ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya bilan muzokaralar olib bormoqda. Mareska ilgari ushbu futbolchi bilan birga ishlagan va Kukurelya uning yangi jamoasiga ideal darajada mos tushadi deb hisoblaydi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar bermoqda.

«Chelsi» o‘z futbolchisini asosiy raqiblaridan biriga qo‘yib yuborish g‘oyasiga shubha bilan qaramoqda. Biroq, agar Kukurelyaning o‘zi transferni talab qilib turib olsa, uni jamoada olib qolish qiyin bo‘lishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda himoyachi «Chelsi» safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan, Transfermarkt portali esa futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:58, 30.05.2026.
O'qildi: 800 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик