Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

David Rayya YECHLda mutlaq rekord ostonasida turibdi

David Rayya YECHLda mutlaq rekord ostonasida turibdi

Baho:
+ | -

“Arsenal” klubining ispaniyalik darvozaboni David Rayya bugun oqshom bo‘lib o‘tadigan UYEFA Chempionlar Ligasi final bahsi oldidan musobaqa tarixidagi noyob natijalardan birini qayd etib ulgurdi. U Yevropadagi eng nufuzli klublar turnirining bir mavsumida o‘z darvozasi daxlsizligini 9 ta o‘yinda saqlab qolgan tarixdagi to‘rtinchi posbonga aylandi.

Bungacha YECHLning bir mavsumida 9 ta “quruq o‘yin” o‘tkazish baxtiga faqatgina uch nafar darvozabon muyassar bo‘lgan edi. Ushbu elita ro‘yxatdan Santyago Kanisares (“Valensiya”, 2000/01), Keylor Navas (“Real Madrid”, 2015/16) va Eduar Mendi (“Chelsi”, 2020/21) joy olgan.

Agar ispaniyalik posbon bugungi hal qiluvchi bahsda “Pari Sen-Jermen” hujumchilarining zarbalarini bartaraf etib, darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormasa, musobaqa rekordini yangilaydi. Bunday holatda Rayya Chempionlar Ligasi tarixida bir mavsumda 10 ta “quruq o‘yin” o‘tkazgan ilk golkiper sifatida mutlaq rekordchiga aylanadi.

Kiritildi: 17:14, 30.05.2026.
O'qildi: 1170 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик