«Liverpul» futbol klubi Arne Slot bosh murabbiy lavozimini tark etayotganini rasman tasdiqladi. Klub ma’muriyati allaqachon yangi murabbiyni izlash jarayonini boshlab yuborganini bildirdi.
47 yoshli niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostida «qizillar» 2025/26 yilgi mavsumda APLda beshinchi o‘rinni egalladi, ammo qo‘shimcha kvota evaziga Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.
Eslatib o‘tamiz, Slot «Liverpul»ni 2024 yilda Yurgen Klopp ketganidan so‘ng qabul qilib olgandi. Arne jamoa bilan atigi bitta sovrin – 2024/25 yilgi Angliya chempionati titulini qo‘lga kiritdi.
Umumiy hisobda, Slot ingliz jamoasi boshqaruvida 113 ta o‘yin o‘tkazib, 66 ta g‘alaba, 18 ta durang va 29 ta mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati esa 227:140 ni tashkil etdi. Ikki yil davomida «Liverpul» Arne Slot boshchiligida 9 nafar futbolchini xarid qilish uchun 523 million yevro (453 million funt) sarfladi.













