Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

De Bryuyne Konte "Napoli"dan ketganidan xursand

De Bryuyne Konte "Napoli"dan ketganidan xursand

Baho:
+ | -

"Napoli" yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne Antonio Kontening klubdan ketgani yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

Italiyalik mutaxassis 2025/26 yilgi mavsum yakunida jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Uning o‘rnini Massimiliano Allegri egallashi haqida xabarlar tarqalgandi.

"Konte ketayotganidan xursandmanmi? Men — ha. Menimcha, u qolishi kerak emasdi. Men qolamanmi? O‘ylashimcha, qanday futbol o‘ynashimizni muhokama qilish muhim. Bu yil men uchun o‘yin uslubi juda muhimligini sezdim. U tomoshabop bo‘lishi kerak, menga esa bu biroz yetishmayotgandi.

Mening yana bir yillik shartnomam bor, ammo men [klub rahbariyati bilan] gaplashib olmoqchiman. O‘tgan yili ham ko‘p gapirishgandi: "Biz faloncha uslubda o‘ynaymiz va unday qilamiz", deb, lekin bundan deyarli hech narsa chiqmadi va albatta, bu qayg‘uli", — dedi De Bryuyne.

Kiritildi: 23:38, 30.05.2026.
O'qildi: 1237 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик