«PSJ» so‘nggi ikki mavsumda Chempionlar ligasi pley-off bosqichida Angliya klublarini 6 marta mag‘lub etdi.
Bugun Luis Enrike jamoasi finalda «Arsenal»ni penaltilar seriyasida (1:1, pen. 4:3) mag‘lub etib, turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi. Musobaqaning chorak finalida parijliklar «Liverpul»ni (2:0, 2:0), 1/8 finalda esa «Chelsi»ni (5:2, 3:0) taslim etgan edi.
Ushbu musobaqaning o‘tgan mavsumida ham Fransiya klubi 1/8 finalda «Liverpul»ni (0:1, 1:0, penaltilar bo‘yicha 4:1), chorak finalda «Aston Villa»ni (3:1, 2:3) va yarim finalda «Arsenal»ni (1:0, 2:1) mag‘lub etgandi. Natijada, o‘sha mavsumda ham «PSJ» chempionlik shohsupasiga ko‘tarilgan edi.













