Parijda «PSJ» muxlislari tomonidan Chempionlar ligasidagi g‘alabani nishonlash vaqtida yuzaga kelgan tartibsizliklar oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Franceinfo xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, motosiklda bo‘lgan shaxs shahar aylanma yo‘lida o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasiga uchragan.
Tartibsizliklar bo‘yicha boshqa tafsilotlar:
-
Bir kechaning o‘zida jami 780 kishi hibsga olingan.
-
To‘qnashuvlar davomida huquq-tartibot idoralarining 57 nafar xodimi jarohatlangan.
-
Jamoa Parijga qaytishi munosabati bilan xavfsizlikni ta’minlash uchun 6000 ga yaqin polisiyachi va jandarmlar safarbar etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 30 may shanba kuni bo‘lib o‘tgan finalda «PSJ» «Arsenal»ni mag‘lub etdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangach, penaltilar seriyasida parijliklar 4:3 hisobida zafar quchdilar.













