"Vest Xem" jamoasi APLdan chiqib ketganidan so‘ng, katta ehtimol bilan Jarrod Bouenni sotishga majbur bo‘ladi.
The Independent xabariga ko‘ra, "Chelsi" bir necha vaqtdan beri vingerni qo‘lga kiritish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. London klubi jamoaga liderlik fazilatlariga ega bo‘lgan ko‘proq futbolchilar kerak deb hisoblaydi. 29 yoshli Angliya terma jamoasi futbolchisiga boshqa klublar ham qiziqish bildirmoqda.
"Vest Xem" o‘z sardori uchun taxminan 50 million funt olishni istaydi, biroq xaridorlar uni 40 million funt evaziga sotib olishga urinishi kutilmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Bouen APLda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol muallifi bo‘ldi.













