Kirish Ro'yxatdan o'tish

Isko: «Tez orada faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylamayapman»

Isko: «Tez orada faoliyatimni yakunlash haqida o‘ylamayapman»

Baho:
+ | -

«Betis» yarim himoyachisi Isko ko‘plab jarohatlariga qaramay, futboldan hamon zavq olayotganini ta’kidladi.

«Futbolga bo‘lgan muhabbatim va faoliyatimni davom ettirish imkoniyatiga ega ekanligim mentalitetimni mustahkamladi. Har qanday holatda ham o‘yindan zavq olishni o‘rgandim. Shuningdek, menga bunday imkoniyatni taqdim etgani uchun «Betis»dan minnatdorman», — deya Iskoning so‘zlarini keltiradi Ispaniyaning Marca nashri.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi hozirda 34 yoshda va u 2023 yildan beri «Betis» sharafini himoya qilib kelmoqda. Isko faoliyatining katta qismini Madridning «Real» klubida o‘tkazgan. Shuningdek, u vaqti-vaqti bilan Ispaniya terma jamoasiga ham jalb etib turiladi.

Kiritildi: 05:43, 01.06.2026.
O'qildi: 186 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик