Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafinya nega o‘z pozisiyasini o‘zgartirganini tushuntirdi

Rafinya nega o‘z pozisiyasini o‘zgartirganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Barselona» yulduz vingeri Rafinya o‘z o‘yin pozisiyasi haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u Lamin Yamal sababli o‘ng qanotda o‘ynay olmaydi.

«Dastlab men «Barselona»da faqat o‘ng qanotda o‘ynashni istagan edim. Ammo keyinchalik moslashuvchan bo‘ldim va hozirda bir nechta pozisiyada o‘ynay olaman. Lamin Yamal bilan raqobatlasha olaman deyish ikkiyuzlamachilik bo‘lardi. U – favqulodda iqtidor egasi. Shu sababli men boshqa pozisiyalarga moslashishga majbur bo‘ldim», – deya Rafinyaning so‘zlarini keltiradi Plaantik.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli Rafinya «Barselona» safida jami 177 ta o‘yinda maydonga tushgan. Ushbu uchrashuvlarda braziliyalik futbolchi 75 ta gol va 59 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 16:05, 01.06.2026.
O'qildi: 943 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик