Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy masalasida qarorga keldi. «Sariq suv osti kemasi» matbuot xizmati xabar berishicha, jamoani 38 yoshli mutaxassis Inigo Peres boshqaradi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Murabbiyning avvalgi ish joyi La Liganing boshqa bir klubi – «Rayo Valyekano» edi. U mazkur jamoani may oyining oxirida tark etgandi. O‘tgan mavsumda «Vilyarreal»ga Marselino Garsiya Toral murabbiylik qilgan. «Sariq suv osti kemasi» 72 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egalladi va keyingi mavsumda UEFA Chempionlar ligasida ishtirok etadi.













