Luis Enrike qo‘l ostida «PSJ» bir necha kun avval ikkinchi yil ketma-ket Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Endi klub ispan mutaxassisi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.
«PSJ» rahbariyati yaqin vaqt ichida kelishuvga erishilishiga shubha qilmayapti. Muzokaralar jarayoni davom etmoqda, ammo tomonlar o‘rtasidagi shartnomani uzaytirish shunchaki vaqt masalasi ekani aytilmoqda. Yangi mehnat shartnomasi uch yoki to‘rt yilga mo‘ljallanadi. Bu haqda Sky Germany jurnalisti Florian Plettenberg xabar berdi.
Luis Enrike «PSJ»ni 2023 yilning yozida qabul qilib olgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi.













