«Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn 2025/26 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha «Oltin to‘p»ni yutish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.
«Men shubhasiz «Oltin to‘p»ga asosiy da’vogarlar qatoridaman. Agar Angliya terma jamoasi Jahon chempionatida g‘olib chiqsa, tabiiyki, uni angliyalik futbolchi qo‘lga kiritishini tasavvur qilish mumkin», — deya Keynning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline.
Futbolchi bu yilgi marosim Londonda o‘tishini ta’kidladi. Uning fikricha, bu holat u uchun yaxshi alomat bo‘lishi mumkin. «Tug‘ilgan shahrimda «Oltin to‘p»ni yutish yanada alohida ahamiyat kasb etgan bo‘lardi», — deya ta’kidladi hujumchi.
2026 yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi L guruhida Gana, Panama va Xorvatiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.













