Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» taklifni 120 million yevrogacha oshiradi

«Barselona» taklifni 120 million yevrogacha oshiradi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi «Barselona»ning Xulian Alvares transferi bo‘yicha qilgan birinchi taklifini rad etdi. Bu haqda jurnalist Aleks Pintanel xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «matraschilar» argentinalik futbolchini 100 million yevroga sotishdan bosh tortishgan. «Barselona» taklifni 120 million yevrogacha oshirishga tayyor, biroq kelishuv hali yakuniga yetishidan ancha yiroq. Hatto Alvaresning o‘zi transferni talab qilayotgan bo‘lsa-da, tomonlar Jahon chempionati boshlanishidan oldin kelishuvga erishishlari dargumon.

2025/26 yilgi mavsumda Alvares barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 16:32, 02.06.2026.
O'qildi: 1270 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик