Angliya Premyer-ligasi transfer bozori kuzatuvchilari orasida yozgi mavsumda vinger Morgan Rojers «Aston Villa»ni tark etishi kutilmoqda. Biroq jurnalist Jekob Tansvellning ta’kidlashicha, klub 23 yoshli o‘yinchini o‘z safida olib qolish niyatida.
Avvalroq futbolchiga chempionlik unvonini qo‘lga kiritgach, hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirgan edi. Londonliklar Rojersning universalligini — nafaqat hujumda, balki yarim himoyada ham o‘ynay olish qobiliyatini yuqori baholaydi. Bu nomzod klub uchun ustuvor emas, biroq shunga qaramay, Rojers ehtimoliy o‘tishga tayyor.
Rojersning shartnomasi yakunlanishiga hali 5 yil borligi sababli, «Aston Villa» hech qanday bosim ostida emas. Shuningdek, «Midlsbro» klubining kelajakdagi transfer summasidan 20% olish huquqiga egaligi ham bo‘lajak bitimni murakkablashtiradi. O‘tgan mavsumda Rojers 39 ta o‘yinda 10 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













