Aleksis Makallisterga «Real» qiziqish bildirmoqda.
«Ole» nashrining xabar berishicha, agar Florentino Peres prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, «Liverpul» yarim himoyachisi Madrid klubi tarkibini kuchaytirish uchun asosiy variantlardan biri bo‘ladi.
Shu bilan birga, argentinalik futbolchi uchun «Atletiko» ham kurashmoqda. Ta’kidlanishicha, jamoa bosh murabbiyi Diyego Simeone o‘z vatandoshini sotib olish fikriga «mukkasidan ketgan».
Joriy mavsumda Mak Allister APLda 37 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi.













