Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/09 00:30 Elche 2-3 Real Sosyedad
08/09 21:45 Bryugge 2-3 Aston Villa
08/09 21:45 AEK 1-0 LASK
08/09 23:59 Real Madrid 2-1 Inter
08/09 23:59 Portu 0-2 Manchester Siti
08/09 23:59 Borussiya D 3-2 Vilyarreal
08/09 23:59 Lill 2-3 Betis
09/09 18:30 OKMK - Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi - Surxon
09/09 20:00 Nasaf - Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona - Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart - Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona

Bernardu Silva «Atletiko»ga o‘z javobini berdi

Bernardu Silva «Atletiko»ga o‘z javobini berdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» sobiq sardori Bernardu Silva katta ehtimol bilan Madridning «Atletiko» klubiga o‘tmaydi. «Matraschilar» 31 yoshli futbolchiga da’vogar asosiy klublardan biri hisoblanardi, ammo ular o‘yinchini ko‘ndira olishmadi.

Jurnalist Xerard Romeroning ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan – Silva «Atletiko»ga rad javobini berdi.

Hozirgi vaqtda yarim himoyachi uchun faoliyatini davom ettirishdagi ustuvor variant «Barselona» bo‘lib qolmoqda. Ayni damda futbolchi kataloniyaliklar tomonidan bitimning rasmiylashtirilishini kutmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Silva «Manchester Siti» safida to‘qqiz yil to‘p surgach, erkin agent sifatida klubni tark etdi. O‘tgan mavsumda Bernardu ingliz jamoasi safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol va beshta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 12:30, 03.06.2026.
O'qildi: 2731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик