Kirish Ro'yxatdan o'tish

«PSJ» o‘z rolidan norozi bo‘lgan Zabarniy borasida qaror qabul qildi

«PSJ» o‘z rolidan norozi bo‘lgan Zabarniy borasida qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» markaziy himoyachisi Ilya Zabarniy sotilishi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatoriga kirdi. 23 yoshli futbolchi jamoadagi o‘z o‘rnidan norozi – Luis Enrike muhim o‘yinlarda unga kamdan-kam hollarda ishonch bildirmoqda.

DaveOCKOP nashri xabariga ko‘ra, Parij klubi rahbariyati futbolchini sotishga tayyor, biroq ular uchun 63 million yevroga yaqin summa talab qilmoqda.

Ta’kidlash joizki, Ilya Zabarniy o‘tgan yilning avgust oyida «PSJ»ga aynan 63 million yevro evaziga Angliyaning «Bornmut» klubidan kelgan edi.

Hozirgi kunda futbolchining bozordagi qiymati Transfermarkt mutaxassislari tomonidan 40 million yevroga baholanmoqda. Zabarniyning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:34, 03.06.2026.
O'qildi: 455 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик