«Milan» hujumchisi Rafael Leau yozgi transfer oynasida klubni tark etishni rejalashtirmoqda. Portugaliyalik futbolchi yaqinda bergan intervyusida ketish istagi borligini ma’lum qildi. Hujumchiga ikkita turk grandi – «Galatasaroy» va «Fenerbaxche» qiziqish bildirgan edi.
Insayder Janluka di Marsio ma’lumotlariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining «Galatasaroy»ga o‘tishini istisno qilib bo‘lmaydi, ammo «Fenerbaxche» ushbu poygadan chiqib ketdi. Shuningdek, Leauning Angliyaga ko‘chib o‘tishi haqida ham gap-so‘zlar yurgan, biroq Premyer-liga klublarining futbolchini sotib olishga tayyorligi haqidagi mish-mishlar hozircha o‘z tasdig‘ini topmadi.
Rafaelning transfer narxi, Transfermarkt portali ekspertlari bahosiga ko‘ra, 50 million yevroni tashkil etadi.













