Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi Asturiya malikasi mukofoti sohibi bo‘ldi

Messi Asturiya malikasi mukofoti sohibi bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Inter Mayami» hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026 yil uchun sport sohasidagi «Princess of Asturias Awards» sovrini laureati bo‘ldi. Futbolchini ushbu mukofot bilan uning sobiq jamoasi "Barselona" ham tabrikladi.

«Barselona» matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘ida quyidagi murojaatni e’lon qildi:

«Lionel Messini 2026 yil uchun sport sohasidagi Asturiya malikasi mukofoti bilan tabriklaymiz.

“Barselona”da qoldirgan afsonaviy merosingiz va klubimiz safida erishgan yutuqlaringiz bilan bezatilgan buyuk faoliyatingiz uchun munosib e’tirof».

2025 yilda amerikalik tennis yulduzi Serena Uilyams mazkur mukofot sohibi bo‘lgan edi.

Futbolchilar orasida esa so‘nggi bor 2012 yilda darvozabon Iker Kasilyas va yarim himoyachi Xavi Ernandes ushbu mukofotga munosib ko‘rilgan. Undan ikki yil avval esa butun boshli Ispaniya terma jamoasi taqdirlangan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 18:13, 03.06.2026.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик