«Manchester Siti» Elliot Andersonni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rdi.
«The Athletic» xabariga ko‘ra, «shaharliklar» «Nottingem Forest» yarim himoyachisining transferi bo‘yicha dastlabki taklifni yuborgan, biroq «o‘rmonchilar» (Nottingem) bu taklifni rad etgan.
Kutilishicha, «Siti» futbolchining transferi ustida ishlashda davom etadi. 23 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
Joriy mavsumda Elliot APLda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi.













