Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Milan» Rafael Leauning transfer narxini belgiladi

«Milan» Rafael Leauning transfer narxini belgiladi

Baho:
+ | -

«Milan» Rafael Leauni sotishga tayyor bo‘lgan summa ma’lum bo‘ldi.

Avvalroq vinger mavsum yakunida klubni tark etishini ma’lum qilgan edi. Portugaliyalik futbolchi «Arsenal»ga taklif qilingani haqida xabarlar tarqaldi.

«Corriere dello Sport» yozishicha, «Milan» uchun bu transferdagi eng asosiy masala moliyaviy tomondir, chunki klub foyda ko‘rishni istamoqda. «Rossonerilar» futbolchini taxminan 50 million yevro evaziga sotishga tayyor, balansda kapital o‘sishini aks ettirish uchun kerak bo‘lgan minimal summa esa taxminan 11 million yevroni tashkil qiladi.

Avvalroq Leauning transferi bo‘yicha «Fenerbaxche» murojaat qilgan edi, biroq kelishuv oldinga siljimadi. «Galatasaroy» ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda va yaqin kunlarda bu borada aniq qadamlar tashlaydi.

Qayd etilishicha, Rafaelning o‘zi APLda o‘ynashni istaydi, ammo Ispaniya va Germaniyadan tushgan takliflarni ham rad etmaydi. O‘tgan yili «Bavariya» va «Barselona» ham u haqida ma’lumot so‘ragan edi.

Kiritildi: 08:30, 04.06.2026.
O'qildi: 262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик