«PSJ» hujumchisi Bredli Barkola faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. «Fichajes» nashri xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda.
Yozgi transferlar vaqtida «kanonirlar» 23 yoshli futbolchi uchun taxminan 80 million yevro to‘lashga tayyor. Bredli Barkola 2023 yilda «Lion»dan «PSJ»ga 45 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning parijliklar bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda «PSJ» safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan. «Transfermarkt» portali Barkolani 70 million yevroga baholamoqda.













