Kirish Ro'yxatdan o'tish

Dimarko Kivuning «Inter»dagi muvaffaqiyat sirini ochiqladi

Dimarko Kivuning «Inter»dagi muvaffaqiyat sirini ochiqladi

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko jamoa bosh murabbiyi Kristian Kivu nimaning evaziga muvaffaqiyatga erishgani haqida gapirib berdi. Ruminiyalik mutaxassis o‘tgan yozning boshida Simone Indzagining o‘rnini egallab, o‘z lavozimiga kirishgan edi. Uning qo‘l ostida «neradzurrilar» mavsumni A Seriya va Italiya Kubogi g‘olibi sifatida yakunlashdi.

«Boshimizga qiyinchilik tushgan paytlarda Kivu doimo kerakli so‘zlarni topa olardi va shu tariqa bizga ishtiyoq hamda diqqat-e’tiborni saqlab qolishda yordam berardi. Ma’lum bir pallada men o‘zimga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ygandim, ammo murabbiy bilan bo‘lgan suhbat men uchun haqiqiy najot bo‘ldi. Albatta, bu suhbat mazmunini sir saqlayman, lekin uning so‘zlari men yo‘qotib qo‘ygan o‘sha ichki olovni (uchqunni) yana qaytarib berdi», — deya jurnalist Alfredo Pedulla italiyalik lateralning so‘zlarini keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Federiko Dimarko bir mavsumdagi golli uzatmalar soni bo‘yicha A Seriya rekordini o‘rnatdi (18 ta) va chempionatning yakunlangan mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Kiritildi: 09:14, 05.06.2026.
O'qildi: 251 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик