Kirish Ro'yxatdan o'tish

Desham: «Bu Fransiya terma jamoasi uchun xavotirli signal»

Desham: «Bu Fransiya terma jamoasi uchun xavotirli signal»

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida Kot-d'Ivuar milliy terma jamoasi bilan kuch sinashdi. Unda «uchranglilar» kutilmaganda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Ushbu natija haqida bosh jamoa bosh murabbiyi Didye Desham o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bunday muvaffaqiyatsizlikdan keyin ijobiy hissiyotlar kam, albatta. Vaholanki, birinchi bo‘limda bizda yaxshi o‘yin namoyish etilgan vaziyatlar bo‘lgandi. Tanaffusdan keyin esa ishimiz qiyinlashdi, amalga oshirilgan almashtirishlar ham yordam bermadi. Buning uchun hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas. Afrika jamoalari bizga qarshi o‘yinlarda hamisha yuqori motivasiyaga ega bo‘lishadi. Biz jiddiy ogohlantirish oldik, biroq bundan tushkunlikka tushib qolmaymiz», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi L'Équipe nashri.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichida Fransiya terma jamoasi Iroq, Norvegiya va Senegal vakillari bilan bir guruhdan joy olgan.

Kiritildi: 11:14, 05.06.2026.
O'qildi: 643 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик