Angliya professional futbolchilar assosiasiyasi (PFA) yakunlangan mavsumdagi APLning eng yaxshi yosh o‘yinchisi unvoniga nomzodlarni e’lon qildi. Tegishli ro‘yxat tashkilotning rasmiy saytida e’lon qilindi.
Mazkur sovrinni qo‘lga kiritish uchun 7 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda: Rayan Sherki («Manchester Siti»), Maks Douman («Arsenal»), Eli Junior Krupi («Bornmut»), Kobbi Maynu («Manchester Yunayted»), Rio Ngumoa («Liverpul») va Niko O'Rayli («Manchester Siti»).
G‘olib APL futbolchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan ovoz berish natijalariga ko‘ra aniqlanadi va nom 25 avgust kuni Manchesterda bo‘lib o‘tadigan PFA'ning 53-yillik taqdirlash marosimida e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu sovrinni «Aston Villa» a’zosi Morgan Rodjers qo‘lga kiritgan edi.













