Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gakpo Slotning «Liverpul»dan bo‘shatilgani haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi

Gakpo Slotning «Liverpul»dan bo‘shatilgani haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» futbolchisi Kodi Gakpo klubning bosh murabbiy Arne Slot bilan xayrlashish qaroriga munosabat bildirdi. «Qizillar» niderlandiyalik mutaxassisning iste’fosini may oyining oxirida e’lon qilishgan edi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, jamoaning yangi murabbiyi Andoni Iraola bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.

«Slotning iste’foga chiqarilgani achinarli bo‘ldi. Klub hamma narsa tushuntirilgan bayonot e’lon qildi, biroq futbolchilardan birortasi buni kutgan edi deb o‘ylamayman. Albatta, men o‘sha zahoti murabbiyga xabar yo‘llab, ikki yillik birgalikdagi faoliyat uchun minnatdorchilik bildirdim», — dedi Gakpo ESPNga bergan intervyusida.

«Liverpul» Angliya chempionatining yakunlangan mavsumini beshinchi o‘rinda yakunladi. Slot qo‘l ostidagi dastlabki mavsumda esa mersisaydliklar chempionlikni qo‘lga kiritishgan edi.

Kiritildi: 12:38, 06.06.2026.
O'qildi: 470 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик