Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kyeza «Liverpul» futbolchisiga «Inter»ga o‘tishni maslahat berdi

Kyeza «Liverpul» futbolchisiga «Inter»ga o‘tishni maslahat berdi

Baho:
+ | -

«Liverpul» futbolchisi Federiko Kyeza jamoadoshi Kyortis Jonsning Milanning «Inter» klubiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. «Neradzurrilar»ning ingliz yarim himoyachisiga qiziqish bildirayotgani haqidagi ma’lumotlar matbuotda anchadan beri aylanib yuribdi. A Seriya grandi ushbu transfer ustida faol ish olib borayotgani ma’lum.

«Kyortis mendan Italiyadagi hayot haqida so‘radi. Men unga u yer ajoyibligini, qolaversa, iqlimi Liverpuldagiga qaraganda ancha yoqimli ekanini aytdim. Jons haqiqatan ham texnik jihatdan juda iqtidorli, shuning uchun «Inter»ning unga bo‘lgan qiziqishi mutlaqo asosli», — dedi Kyeza La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli italiyalik futbolchining o‘zi ham vataniga qaytishga shaylanmoqda — u hatto «Yuventus»ga o‘tishga tayyor ekanligini ochiqchasiga e’lon qilgan.

Kiritildi: 12:50, 06.06.2026.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик