Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kyeza: «Yuventus»ga jon-dilim bilan qaytgan bo‘lardim»

Kyeza: «Yuventus»ga jon-dilim bilan qaytgan bo‘lardim»

Baho:
+ | -

«Liverpul» vingeri Federiko Kyeza A Seriyaga qaytishga tayyor ekanligini ma’lum qildi. 28 yoshli futbolchi «qizillar»ning asosiy tarkibidan muqim joy ololmadi, shu sababli mish-mishlar uni yana Italiya klublaridan biriga o‘tishi bilan bog‘lamoqda.

«Men hech qachon «Yuventus»dan o‘z xohishim bilan ketmagan bo‘lardim. O‘sha paytda klubdan katta pul talab qilganim haqida ko‘p yozishdi, lekin hammasi butunlay boshqacha edi: aslida menga shartnomani uzaytirish bo‘yicha umuman taklif berishmagan. Motta va Juntoli mendan yangi klub topishimni so‘rashgandi. Men «Yuventus»ni yaxshi ko‘raman va u yerga jon-dilim bilan qaytgan bo‘lardim», — dedi Kyeza La Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» ushbu futbolchini 2024 yilning avgust oyi kunlarida «keksa sinyora»dan 12 million yevro evaziga sotib olgan edi.

Kiritildi: 13:23, 06.06.2026.
O'qildi: 148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик