«Barselona» va «Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Yaya Ture Bratislavaning «Slovan» klubi bilan hamkorlik shartlarini kelishib oldi.
Ture tez orada klub bosh murabbiyiga aylanadi. «Slovan»dagi ish Yaya uchun bosh murabbiy sifatidagi ilk faoliyat bo‘ladi.
Bungacha Ture «Tottenhem» akademiyasida, shuningdek, Belgiyaning «Standard» klubi va Saudiya Arabistoni terma jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.
2025/2026-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Slovan» Slovakiya chempioni bo‘ldi.













