Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rasman. Rossiya klublari 2026/27 yilgi yevrokuboklarda ishtirok etmaydi

Rasman. Rossiya klublari 2026/27 yilgi yevrokuboklarda ishtirok etmaydi

Baho:
+ | -

Rossiya klublari 2026/27 yilgi mavsum uchun yevrokuboklar ishtirokchilari ro‘yxatiga kiritilmadi. Bu haqda Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) hujjatlarida ma’lum qilindi.

«UEFA Ijroiya qo‘mitasi Rossiya milliy terma jamoalari va klublarining UYEFA musobaqalarida ishtirok etishiga nisbatan amaldagi chetlatish choralari saqlanib qolayotgani munosabati bilan 2026/27 yilgi mavsum ishtirokchilari ro‘yxatiga o‘zgartish kiritdi. Shuningdek, ishtirokchilar ro‘yxati musobaqalar natijalari, ya’ni chempionlikka erishgan jamoalar va Yevropa ustuvorlik tizimi asosidagi taqsimotlarga ko‘ra ham yangilandi», — deyiladi tashkilot bayonotida.

Yakunlangan mavsum natijalariga ko‘ra, Rossiya UYEFA koeffisiyentlari jadvalida 28-o‘rinni egallagan va nazariy jihatdan yevrokuboklarda qatnashish uchun to‘rtta klubni taqdim etish huquqiga ega edi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil fevral oyidan buyon Rossiya klublari va milliy terma jamoalari UEFA hamda FIFA musobaqalaridan chetlatilgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:42, 07.06.2026.
O'qildi: 545 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик