Kirish Ro'yxatdan o'tish

Lautaro Martines: «Qatardagidan yaxshiroq holatdaman»

Lautaro Martines: «Qatardagidan yaxshiroq holatdaman»

Baho:
+ | -

Milanning «Inter» klubi hujumchisi Lautaro Martines bo‘lajak jahon chempionati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bugun argentinaliklar o‘rtoqlik uchrashuvida Gondurasni 2:0 hisobida mag‘lub etishdi. «Neradzurrilar» sardori har ikkala golda ishtirok etdi: 37-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan bo‘lsa, 54-daqiqada Juliano Simeonega golli uzatma yetkazib berdi.

«Men jahon chempionatiga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdim — birinchi navbatda ruhiy jihatdan. Qatardagi o‘tgan mundialda eng yaxshi holatimda emasdim, hozir esa o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Biz jahon chempionligi unvonini himoya qilishimiz kerak. Qiyin bo‘ladi, lekin biz bor kuchimizni ishga solamiz va Argentinaga yana muvaffaqiyat keltirishga harakat qilamiz. Umid qilamanki, biz belgilangan yo‘nalishda davom etamiz», — deya Lautaroning so‘zlarini keltiradi AlbicelesteTalk.

10 iyun kuni argentinaliklar Islandiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishadi, bir haftadan so‘ng esa Jazoirga qarshi bahs bilan JCH-2026 dagi yurishlarini boshlashadi.

Kiritildi: 08:36, 07.06.2026.
O'qildi: 309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик