Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gavi Rodrini jarohatlashiga bir baxya qoldi (Video)

Gavi Rodrini jarohatlashiga bir baxya qoldi (Video)

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi mashg‘ulotida «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri jamoadoshi tufayli jarohat olishiga bir baxya qoldi. 29 yoshli futbolchi Gavi bilan to‘qnashuvdan so‘ng maydonga yiqildi. «Barselona» xavbeki to‘p uchun kurashda «shaharliklar» vakilining oyog‘ini qattiq bosib oldi — rasmiy o‘yinlarda bunday fol uchun bemalol qizil kartochka ko‘rsatilishi mumkin edi.

Rodri og‘riqdan chidab turolmay maydonda ag‘anadi va «ko‘k-anorranglilar»ning yosh futbolchisi qilgan harakatdan noroziligini bildirdi. Keyinroq «Oltin to‘p» sohibi bir oz qiyinchilik bilan bo‘lsa-da, o‘zi mustaqil ravishda oyoqqa turib ketdi.

9 iyun kuni «qizil furiya» Peru terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi, 15 iyun kuni esa amaldagi Yevropa chempionlarining JCH-2026 dagi ilk o‘yini bo‘lib o‘tadi — unda Ispaniyaga Kabo-Verde raqiblik qiladi.

Kiritildi: 08:44, 07.06.2026.
O'qildi: 902 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик