Portugaliya terma jamoasi vingeri Rafael Leau Chili terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidagi (2:1) mushtlashuvda ishtirok etgani uchun qizil kartochka oldi. Nazorat o‘yinidagi chetlatish keyingi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun diskvalifikasiyani anglatadi, biroq ushbu jazo rasmiy o‘yinlarga ham ko‘chirilishi mumkin.
Goal portalining xabariga ko‘ra, qo‘pol fol tufayli Leauning chetlatilish muddati uzaytirilishi xavfi bor. Agar bu sodir bo‘lsa, portugaliyalik yulduz JCH-2026ning dastlabki bahslarini o‘tkazib yuborish xavfi ostida qoladi. Yakuniy qarorni FIFA intizom qo‘mitasi qabul qiladi.
Jahon chempionatining guruh bosqichida Portugaliya terma jamoasi O‘zbekiston, Kolumbiya va Kongo DR vakillariga qarshi maydonga tushadi.













