Angliyaning «Manchester Siti» klubi «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Dani Olmoning transferi ustida jiddiy ish boshlamoqchi. Bu haqda Independent nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, «shaharliklar» 28 yoshli futbolchi uchun 60 million yevro miqdorida mablag‘ ajratishga tayyor.
Ingliz klubi rahbariyati Olmoni jamoa yarim himoya chizig‘ini kuchaytira oladigan ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda.













