Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Fenerbaxche» Chalxano‘g‘li, Suares va Grinvud bilan shartnoma imzolamoqchi

«Fenerbaxche» Chalxano‘g‘li, Suares va Grinvud bilan shartnoma imzolamoqchi

Baho:
+ | -

Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi jamoani bir qator legionerlar bilan kuchaytirmoqchi. Insayder Fabrisio Romanoning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, Istanbul klubi qiziqishlari doirasiga Italiyaning «Inter» klubi yarim himoyachisi Hakan Chalxano‘g‘li tushgan. Manbaga ko‘ra, ushbu tayanch yarim himoyachisining transferini «Fenerbaxche» prezidentligiga nomzod Hakan Safi qat’iy talab qilmoqda.

Shuningdek, klubning potensial yangi a’zolari qatorida futbolchilar Luis Suares, Merix Demiral va Meyson Grinvud nomlari ham tilga olinmoqda. Ushbu transferlarning amalga oshishi saylov natijalariga bog‘liq.

«Fenerbaxche» prezidenti saylovlari 6 va 7 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu lavozimga ikki nomzod: Aziz Yildirim va Hakan Safi da’vogarlik qilmoqda. Avvalroq, «Barselona»ni tark etayotgan hujumchi Robert Levandovski ham jamoa tarkibini to‘ldirishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.

Kiritildi: 13:36, 07.06.2026.
O'qildi: 341 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик