Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» «MYU»ning rejalarini buzib qo‘yishi mumkin

«Liverpul» «MYU»ning rejalarini buzib qo‘yishi mumkin

Baho:
+ | -

«Liverpul» ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayotgan Kyortis Jonsning o‘rniga «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skotni sotib olishi mumkin. Shu bilan birga, 22 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Insider nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklarning Skot bilan shartnoma imzolash imkoniyatlari jamoa bosh murabbiyligiga muqaddam «Bornmut»ni boshqargan Andoni Iraola tayinlanganidan keyin yanada oshgan. «Liverpul» ingliz yarim himoyachisini sotib olish orqali «Manchester Yunayted»ning rejalarini buzib qo‘yishi mumkinligi alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, uning xizmatlariga «Chelsi» ham qiziqish ko‘rsatmoqda.

Yakunlangan mavsumda Skot barcha turnirlarda 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga to‘rtta gol va bitta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 15:33, 07.06.2026.
O'qildi: 458 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик