Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tuxel: «Bellingem ajoyib sport formasida»

Tuxel: «Bellingem ajoyib sport formasida»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel «uch sherlar» markaziy yarim himoyachisi Jud Bellingemning ayni damdagi holati haqida o‘z fikrini bildirdi. Madridning «Real» klubi futbolchisi Yangi Zelandiyaga qarshi o‘tkazilgan yaqindagi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:0) maydonga tushdi.

«Judda qat’iyat va shijoat bor, bular uning eng muhim xususiyatlaridir. Jarohatdan so‘ng uning kuchga to‘la ekanligi va maydonga qaytganidan xursandligi ko‘rinib turibdi. U kuch-quvvatga to‘lib qaytmoqda, o‘ynashga ishtiyoqi baland va ajoyib sport formasida», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.

Ispaniya chempionatining o‘tgan mavsumida Bellingem 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Jonli musobaqa — Jahon chempionatining guruh bosqichida inglizlar Xorvatiya, Panama va Gana terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 18:08, 07.06.2026.
O'qildi: 147 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик