Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fabregas nima uchun «Komo» tarkibida deyarli italiyalik futbolchilar yo‘qligiga javob berdi

Fabregas nima uchun «Komo» tarkibida deyarli italiyalik futbolchilar yo‘qligiga javob berdi

Baho:
+ | -

«Komo» klubini boshqarayotgan ispaniyalik murabbiy Sesk Fabregas jamoada nima sababdan italiyalik futbolchilar juda kamligi haqidagi savolga javob berdi. Hozirda «Komo» tarkibida Italiya pasportiga ega faqatgina ikki nafar o‘yinchi bor, ulardan biri esa yakunlangan mavsumda birorta ham o‘yinda maydonga tushmagan.

«Bu holat menga yoqmaydi. A Seriyaga chiqishimizdan oldin (B Seriyada) jamoaning 95 foizini italiyaliklar tashkil etardi va biz g‘alaba qozongandik. Hozirgi tarkib uchun mos keladigan mahalliy futbolchilarni topishning imkoni bo‘lmadi, biroq men o‘zimni Italiya futbolining bir qismi deb his qilaman va uning rivojlanishiga yordam berishni xohlayman», — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi Corriere della Sera.

Ortda qolgan A Seriya mavsumi yakunlariga ko‘ra, «Komo» turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Keyingi mavsumda Fabregas jamoasi o‘z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasida ishtirok etadi.

Kiritildi: 20:49, 08.06.2026.
O'qildi: 211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик