«Everton» klubining qanot himoyachisi Vitaliy Mikolenko jamoa bilan yangi mehnat shartnomasiga imzo chekdi. Yangi bitim shartlariga ko‘ra, Ukraina terma jamoasi futbolchisi «irislar» sharafini 2029 yilning yoziga qadar himoya qiladigan bo‘ldi. Bu haqdagi rasmiy ma’lumot «Everton» klubining rasmiy saytida e’lon qilindi.
Mikolenko ingliz klubi safiga 2022 yilda Kiyevning «Dinamo» jamoasidan kelib qo‘shilgan edi.
Angliya Premyer-ligasining yakunlangan mavsumida 27 yoshli himoyachi 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Shuningdek, Mikolenko Angliya liga kubogi doirasida ikkita va Angliya kubogida bitta o‘yinda ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, ortda qolgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Everton» 49 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 13-o‘rinni egallagan edi.













